Rossiya Hindistonga Il-114 samolyotlarini yig‘ishni taklif qildi
Rossiya savdo va sanoat vazirligi Hindiston hukumatiga Il-114 samolyotini yig‘ishni tashkillashtirishni taklif qildi. Bu haqda vazirning o‘rinbosari Aleksandr Potapov ma'lum qildi.
"Biz Hindistonning davlat aviasozlik korporatsiyasi HAL’da Il-114-300 samolyotlarini qo‘shma korxona kuchlari bilan ishlab chiqarishni tashkillashtirish taklifini yo‘lladik", deb aytdi Potapov.
Potapovning aytishicha, samolyotni yig‘ish taklifi Hindiston tomonidan bildirilgan. Potapov tomonlar shuningdek hind aviakompaniyalariga Rossiyaning Sukhoi Superjet 100 samolyotlari yetkazib berilishini muhokama qilayotganlarini qo‘shimcha qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yilga kelib Hindiston AQSh va Xitoydan keyin uchinchi yirik aviatsiya bozoriga aylanadi, 2030 ga kelib esa ulardan o‘tib ketadi. Mutaxassislar buni Hindiston aholisining yanada ko‘payishi, aviatashuvlarning ommalashishi va yoqilg‘i narxlarining tushishi bilan bog‘lashmoqda.
Il-114 turbovintli samolyoti 1980-yillar oxirida Ilyushin konstruktorlik byurosi tomonidan Sobiq ittifoqning mintaqaviy havo liniyalari uchun yaratilgan. Samolyot Toshkentdagi Chkalov nomidagi aviasozlik zavodida yig‘ilgan. Hammasi bo‘lib samolyotdan 20 taga yaqin ishlab chiqarilgan. Ayni vaqtda samolyotni Rossiya aviatsiya zavodlarida ishlab chiqarish imkoniyati qaralmoqda. Rossiya savdo va sanoat vazirligi samolyotni takomillashtirish va ommalashtirish uchun 50 mlrd rubl ajratishga va'da bergan.
Mavzuga oid
16:50
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024