Volodimir Zelenskiy ilgari surgan “40 kunlik ta’sir amaliyoti” – harbiy zarbalar birga, keng kölamli axborot va psixologik operatsiyalarni ham öz içiga olgan strategiya sifatida baholanmoqda. Siyosiy tahlilçilar Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida mavzu yuzasidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
— Ukraina Rossiyaga qarşi “40 kunlik ta’sir amaliyoti” bilan nimaga erişmoqçi?
Abduvali Soyibnazarov: “40 kunlik ta’sir amaliyoti” deganda nafaqat harbiy harakatlar, balki keng kölamli axborot operatsiyalari ham nazarda tutiladi. Uşbu strategiyaning asosiy maqsadi – Rossiyaning içki siyosiy barqarorligini zaiflaştiriş, aholi va harbiylar orasida vahima uyğotiş hamda muhim hududlarda, xususan Qrimda harbiy-logistik tizimlarga zarba berişdan iborat.
Bunda dron va raketa hujumlari bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari va boşqa media kanallar orqali vahimali xabarlar, videolar va tahlillar tarqatiş ham muhim örin tutadi. Bunday axborotlar orqali Rossiya jamoatçiligi orasida norozilik kayfiyatini kuçaytiriş, hukumatga nisbatan işonçsizlikni şakllantiriş közda tutiladi.
Bu axborot oqimida Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimlari zaiflaşgani, davlat özining aerodromlari, sanoat korxonalari va energetik obektlarini himoya qila olmayotgani haqidagi xabarlar keng yoyiladi. Ba’zi talqinlarda hatto Rossiyaning yaqin kelajakda parçalanişi, iqtisodiy va oziq-ovqat ta’minotida jiddiy muammolar yuzaga kelişi mumkinligi haqida ham da’volar ilgari suriladi.
Demak, uşbu amaliyotning muhim qismi – axborot uruşi hisoblanadi. Biroq bu yagona yönaliş emas. Bir tomondan, aniq nişonlarga dron va raketa zarbalari berilsa, ikkinçi tomondan, aynan şu zarbalar fonida axborot maydonida kuçli psixologik bosim yaratiladi.
Şu bilan birga, bu “40 kunlik ta’sir”ning asosiy maqsadi – Qrimni harbiy yöl bilan egallaş emas. Ukraina rahbariyati yaqin kelajakda Qrimni qaytarib oliş imkoniyati çeklanganini bir neça bor ta’kidlagan. Buning uçun katta miqdorda harbiy resurslar, jumladan, desant operatsiyalari va keng kölamli quruqlik qöşinlari zarur böladi, hozirgi şaroitda esa bu imkoniyatlar yetarli emas.
Mazkur strategiyaning asosiy maqsadi – Rossiya prezidenti Vladimir Putinni muzokaralar stoliga jalb qilişdir. Biroq Rossiya tomoni muzokaralarga tayyor ekanini bildirgan holda, avvalgi talablarini – xususan Donbass böyiça öz şartlarini ilgari surişda davom etmoqda.












