Jahon | 18:41 / 24.08.2016
7036
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi zilzila tufayli qurbon bo‘lganlar soni 45 nafarga yetdi

24 avgustga o‘tar kechasi Italiyaning markaziy qismida sodir bo‘lgan kuchli yer qimirlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 45 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Italiya Fuqaro himoyasi xizmatining matbuot kotibi Immakolata Postilone ma'lum qilgan.

Postilonening so‘zlariga ko‘ra, yuzlab kishilar bedarak yo‘qolgan, qurbonlar soni ortishi mumkin.

6,1 balli birinchi yer osti silkinishi mahalliy vaqt bilan tungi soat 03:36 da sodir bo‘lgan (Toshkent vaqti bilan 06:36). Yer qimirlashi epimarkazi Riyeti viloyatidagi Akkumoli shahri yaqinida, yer yuzidan taxminan to‘rt kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Ushbu silkinishlar natijasida Amatriche shahrida ham kuchli vayrongarchiliklar sodir bo‘lgan.

1 soat o‘tib 5,4 balli ikkinchi silkinish  Umbriya viloyatida sodir bo‘lgan.

Rim va Bolonya shaharlarida ham yer silkinish holatlari kuzatilgan. Askoli Picheno, Fermo viloyatlarida hamda Marke viloyatining Macherata shaharchisi ham bu tabiiy ofatdan talofat ko‘rgan.

Yer qimirlashi markazidan 2 km masofada joylashgan Akkumoli shaharchasida binolarning yarmi buzilib ketgan, juda ko‘p odamlar uylar va devorlar siniqlari ostida qolgan.

Zilzila tufayli 2,5 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid