Sport | 15:07 / 24.08.2016
11225
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Maykl Konlan Rio-2016 vaqtida ruxsat etilmagan harakatni amalga oshirgani uchun jazolanadi

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) irlandiyalik bokschi Maykl Konlanni Rio-de-Janeyro Olimpiadasi vaqtida rossiyalik Vladimir Nikitinga qarshi jangdan keyin ruxsat etilmagan xatti-harakatni amalga oshirgani uchun jazolaydi. Bu haqda "Bi-bi-si" xabar bergan.

Olimpiadaning boks sporti bo‘yicha 56 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Nikitinga qarshi jangda hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi va u hakamlar qaroriga javoban o‘rta barmog‘ini ko‘rsatdi.

Keyinchalik u o‘z mag‘lubiyatida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni aybladi.

AIBA sportchining bu harakatini darhol qoraladi.

"Intizomiy jazo qo‘llanadi. Hech kim hakamlarni omma oldida haqoratlashga haqli emas", degan assotsiatsiya prezidenti Chin-Ko Vu.

Prezident AIBA o‘z hakamlarini ham tekshirishini ma'lum qilgan.

2020 yilgi Olimpiada vaqtida ochkolarni hisoblash tizimiga o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda.

"Bizda referi va hakamlarni kuzatuvchi maxsus komissiya mavjud. Agar qaysidir hakam o‘z ishida mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘yib, xato qilgan bo‘lsa, komissiya vakillari u bilan suhbat o‘tkazishadi", degan Vu.

2016 yilgi Olimpiadada boks bo‘yicha 52ta medal o‘ynaldi. O‘zbekiston bokschilari turnirda 3ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza olib, birinchi o‘rinni egalladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid