2018 yil 2 noyabr kuni Xalqaro boks uyuşmasining (AIBA) rahbari etib saylangan Ğofur Rahimov taşkilot prezidenti sifatidagi öz vakolatlarini yakuniy tarzda topşirdi. Bu haqda taşkilot saytida xabar berildi.

Mart oyida Rahimov öz vakolatlarini vaqtinça topşirişi töğrisida ma'lum qilgandi. Biroq, taşkilot nizomiga köra, u bir yil içida saylov jarayonisiz qaytib keliş imkoniga ega edi. AIBA Ijroqömi 27 iyundagi qaror bilan uşbu bandni nizomdan olib taşlaş haqidagi töxtamga keldi. 15 iyul kuni Rahimov yakuniy tarzda iste'foga çiqayotganini e'lon qildi.

Rossiya Federatsiyasi Boks federatsiyasi boş kotibi Umar Kryomlev Rahimovni butunlay çetlatiş tarafdori ekanini bildirdi. 27 iyun kuni Jyeneva şahridagi AIBA Ijroqömida Kryomlev AIBA vaqtinçalik prezidenti Muhammad Mustasan, şuningdek, etika komissiyasi rahbari Yost Şmidga işonçsizlik votumi e'lon qildi.

Bundan oldin, AIBA Ğofur Rahimovni yolğonçilikda ayblagan Umar Kremlyovga nisbatan suriştiruv boşlagandi.

Ğofur Rahimovning matbuot kotibi Umar Kremlevning ayblovlariga javob qaytardi