Rossiya Boks federatsiyasi boş kotibi Umar Kremlev Xalqaro havaskorlik boksi federatsiyasi (AIBA) prezidenti saylovlarida ğalaba qozondi.  

12 dekabrda AIBA kongressida prezident saylovlari bölib ötdi va unda 150dan köproq davlat vakillari iştirok etdi. Delegatlardan 86 nafari Kremlev uçun öz ovozini bergan. Uning eng yaqin raqobatçisi gollandiyalik Boris van der Vorstga esa 57 delegat ovoz bergan.

Rossiya Boks federatsiyasi matbuot xizmati Kremlevning ğalaba qozonganini tasdiqlagan. 

Saylovlar onlayn şaklda ötgan. AIBA prezidenti lavozimiga, şuningdek, Rami Al-Masriy (Germaniya), Anas Al-Utayba (BAA), Sulaymon Mikailov (Ozarboyjon), Domingo Solano (Dominikana Respublikasi) va AIBA’ning vaqtinçalik rahbari marokaşlik Muhammad Mustasan da'vogarlik qilgandi.

“Barça milliy federatsiyalarga menga bildirilgan işonç uçun minnatdorlik bildirmoqçiman. Bugun boks hamjamiyati qilgan tanlov AIBA’ni ertadanoq kutayotgan global islohotlarga tayyorligimizning isboti hisoblanadi. Aminmanki, umumiy sa'y-harakatlar bilan qisqa vaqt içida AIBA’ga avvalgi nufuzini va jahon sportini rivojlantirişga befarq bölmaganlarning işonçini qaytara olamiz”, deb aytgan Kremlev.

Uning ta'kidlaşiça, birinçi navbatdagi vazifa AIBA qarzlarini uziş hisoblanadi. “Men prezident lavozimiga nomzodimni qöymoqçiligimni e'lon qilganimda va'da berganimdek, biz ilk 6 oy içida qarzlarni uzamiz. Mening faoliyatim ikki yil içida 50 mln dollar jalb qilişga qaratiladi. Uşbu mablağlar AIBA’ni tiklaş va rivojlantiriş uçun sarflanadi”, deb qöşimça qilgan u.

Mutaxassis Parijdagi 2024 yilgi Olimpiadagaça AIBA’ning olimpiya maqomini tiklaşga umid bildirgan. AIBA bu maqomdan 2019 yil iyunda Xalqaro Olimpiya qömitasi tomonidan mahrum etilgandi.

Kremlev Rossiya boks federatsiyasiga 2017 yil fevraldan rahbarlik qilib keladi. 2018 yil noyabrda u AIBA ijroiya qömitasi tarkibiga kirgan birinçi rossiyalik bölgan. 2019 yil fevralda esa Kremlev AIBA’ning marketing böyiça komissiyasi rahbari etib tayinlangan va Yevropa boks konfederatsiyasiga (EUBC) birinçi vitse-prezident etib saylangan.

AIBA’ning avvalgi prezidenti, özbekistonlik Ğofur Rahimov 2019 yil martida uşbu lavozimdan iste'foga çiqqandi. Bunga Rahimovga jinoyatçilik olamiga aloqadorlik böyiça qöyilgan köplab ayblovlar tufayli XOQ boksni Olimpiada dasturidan çiqarmoqçi bölgani sabab bölgan.