Sport | 15:34 / 24.08.2016
4704
2 daqiqa o‘qiladi

Spalletti: Endi «Roma»ni itlarga talatishadi, quloq, ko‘z va burunlarni yopish kerak

«Roma» jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti YeChLning pley-off bosqichidagi Rimda kechgan javob uchrashuvida «Portu»dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng (birinchi o‘yin- 1:1) fikrlarini bildirib o‘tdi.

«To‘qqiz kishi bo‘lib qolganimizda ham hisobni tenglashtirishimiz mumkin di, ammo o‘yin oxirida ahmoqona xatolar tufayli o‘tkazib yuborilgan 2 gol bor umidlarimizga nuqta qo‘ydi. O‘yin oxirida «Portu»ga o‘zini erkin his qilishiga yo‘l qo‘ydik.

Endi «Roma»ning ustiga barcha itlarni yuborishadi, juda qiyin bo‘ladi. Endi bizni barmoqlari bilan nuqib ko‘rsatishadi va qattiq ayblashadi. Biz endi ko‘zlarimizni, quloqlarimiz va burunlarimizni yopib, oldinga intilishimiz kerak», deya Spalettining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

«Roma»ning bu mag‘lubiyatidan keyin italyan klublari qatorasiga uchinchi yilda ham YeChLning pley-off bosqichida o‘ta olmasligi kuzatildi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid