«Roma» jamoa boş murabbiyi Luçano Spalletti bilan şartnoma bekor qilinganini tasdiqladi.

Rimliklar jamoasi mavsum yakunida turnir jadvalida ikkinçi örinni egalladi, jamoa çempion «Yuventus»dan 4 oçkoga ortda qoldi va Çempionlar ligasi guruh bosqiçida töğridan-töğri iştirok etiş uçun yöllanma oldi.

«Spalletti rahbarligida «Roma» yakunlangan mavsumda köp oçko işladi va gol uriş böyiça klub rekordi örnatildi. Biz Luçanoga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymz», – deya «Roma» prezidenti Jyeyms Pallottaning sözlarini keltirgan jamoa rasmiy sayti.

Bundan avvalroq Spalletti «Inter»da iş boşlaşga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

«Roma»ning yangi murabbiyi sifatida ötgan mavsumlarda «Sassuolo»ni boşqargan Eusebio Di Françesko taniştirilişi kutilmoqda.