Texnologiya | 10:25 / 24.08.2016
7832
2 daqiqa o‘qiladi

Tesla kompaniyasining yangi elektromobili rekord masofaga yura oladi

AQShning elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasi Model S P100D va Model X P100D modellarini namoyish etdi. Ular, avval chiqarilgan modellarning takomillashtirilgan akkumulyatorlarga ega rusumlaridir, deyiladi kompaniya blogida. 

Xabarlarga ko‘ra, avtomobillar maxsus Ludicrous tartibiga ham ega bo‘ladi. Uning yordamida Model S P100D 2,5 soniyada tezligini 100 km/soatga chiqara oladi. Model X P100D esa 2,9 soniyada shunday natijaga erisha oladi. Kompaniyaga ko‘ra, Model S P100D seriyali ishlab chiqariladigan eng tezkor  mashinalar ichida uchinchisidir. 

100 kVt⋅s hajmli yangi akkumulyator bir marta quvvatlantirish bilan uzoqroq masofaga borish imkonini beradi. Xususan, Model S P100D 500 kmni ortda qoldira oladi. Bu esa, elektromobillar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir. 

P90D modeliga buyurtma berib, unga ega bo‘lmagan xaridorlar 10 ming AQSh dollari evaziga buyurtmasini P100D modeliga o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid