Jahon | 09:22 / 25.08.2016
4401
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Suriya va IShIDni kimyoviy xurujlarda aybladi

BMT va Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT) Suriya hukumati va IShID terrorchi guruhini uchta holatda kimyoviy qurolni qo‘llaganlikda ayblayapti, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Tashkilot ekspertlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya HHK vertolyotlari 2014-yil 21-martida xlorli konteynerni Talmenes aholi punktiga, 2015-yil  16-martida Sarmin shahriga tashlagan. BMT va KQTT vakillari kimyoviy qurolni qo‘llash bilan bog‘liq to‘qqiz holatni o‘rganib chiqishgan. Shundan oltitasida aybdorlarni aniqlashning imkoni bo‘lmagan. 

Xabar qilinishicha, ushbu surishtiruv ishlari bo‘yicha hisobot BMT XKga topshiriladi. BMT bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, hisobot natijalari Xavfsizlik Kengashida muhokama etilgach, e'lon qilinadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid