Jahon | 22:40 / 25.08.2016
7078
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada burkinini taqiqlash masalasi bo‘yicha yakuniy qaror chiqariladi

Foto: © REUTERS

Fransiya davlat kengashi 26 avgustda mamlakat plyajlarida musulmon ayollar cho‘milish kiyimi – burkini kiyishni taqiqlashning qonuniyligi bo‘yicha o‘z qarorini chiqaradi.   

Burkini musulmon ayollarning cho‘milish kiyimi bo‘lib, butun tanani yopib turadi. Fransiya janubidagi 15 ta shaharda burkinini plyajlarda kiyish taqiqlandi. Fransiya bosh vaziri Manuel Vals bu qarorni qo‘llab-quvvatladi. Uning fikricha, burkini kiyib yurish Fransiya qadriyatlariga zid keladi. Biroq ko‘pchilik siyosatchilar bu taqiqlovga qarshi chiqmoqdalar.

Katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lishi aytilayotgan bu masala bo‘yicha qaror mahalliy vaqt bilan 15.00 da e'lon qilinishi kutilmoqda. 

Bu orada Fransiya prezidenti Fransua Olland bu masala bo‘yicha vazminlik bilan munosabat bildirmoqda. 

"Fransiyada birgalikda mavjud bo‘lish asosiy vazifa hisoblanadi. Hamma qoida va me'yorlarga amal qilishi hamda ig‘volar va tamg‘a qo‘yishlar bo‘lmasligi kerak", deb aytgan Olland. 

Fransiya davlat kengashi oliy ma'muriy instansiya bo‘lib, u qonun hujjatlari huquqiy me'yorlarga to‘g‘ri kelmasa, ularni bekor qila oladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid