Xakerlar tomonidan Mail.ru’ning millionlab akkauntlari haqidagi ma'lumotlar o‘g‘rilandi

Mail.Ru Group kompaniyasi saytlarida ro‘yxatga olingan 25 mln ga yaqin akkaunt haqida ma'lumot noma'lum xakerlar tomonidan o‘g‘rilangan. CNET portali ma'lumotlariga ko‘ra, bu hujum ortida 2 xaker turgan bo‘lishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, xakerlar cfire.mail.ru saytidagi 12,8 mln, parapa.mail.ru’dagi 8,9 mln profil va tanks.mail.ru’dagi 3,2 mln profilga kira olgan.
Xakerlar qo‘liga foydalanuvchilar taxalluslari, elektron manzillari, parol va tug‘ilagn kunlari haqidagi ma'lumot tushgan. Taxmin qilinishicha, xakerlar shuningdek ba'zi buzilgan akkauntlar egalarining IP-manzillari, joylashgan joylari va telefon raqamlari haqidagi ma'lumotlarni bilib olishgan.
Xakerlar ma'lumotlarga kirish uchun yuqorida aytilgan saytlarda qo‘llangan vBulletin dasturidagi zaif joydan foydalanishgan. Ta'kidlanishicha, akkauntlari buzilgan ko‘plab foydalanuvchilar parol sifatida "123456789" kabi parollardan foydalanishgan. Bu parollarni brutfors usulida oson aniqlash mumkin.
Xakerlar o‘g‘rilagan ma'lumotlarni chop etgan LeakedSource.com portalida hujum avgust boshida amalga oshirilgani aytilgan.
May oyi boshida pochta servislarining 272,3 mln foydalanuvchisi haqida ma'lumotlar oshkor bo‘lgani ma'lum qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, xakerlar shu jumladan Mail.ru’ning 57 mln ta pochta qutisiga kira olgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Jahon | 21:21
-
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 21:12
-
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi
Jahon | 21:08
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 20:26
Mavzuga oid

21:59 / 19.09.2024
Eronlik xakerlar Bayden shtabiga Tramp haqida ma’lumotlar yuborgani ma’lum bo‘ldi

17:55 / 22.10.2018
Alisher Usmonov nima uchun Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi?

09:48 / 01.12.2016
Google’ga yirik xakerlik hujumi uyushtirildi

23:48 / 01.11.2016