Google foydalanuvçilarining bir milliondan ortiq sahifalari xakerlar hujumiga uçradi, deb xabar berdi Check Point kompaniyasi mutaxassislari. Ular kiberxavfsizlikka ixtisoslaşgan.
Mutaxassislar ma'lumotiga köra, Gooligan xavfli dasturiy ta'minoti Android 4 va Android 5 platformalarida işlovçi mobil uskunalarga zarar yetkazib, poçta manzillari hamda parollarni qölga kiritgan. Jinoyatçilar foydalanuvçilar nomidan Google Play ilovalarini yuklab olib, ularga reyting berişgan, şuningdek soxta izoh qoldirib, daromad kelişiga turtki berişgan.
Suriştiruvga köra, har kuni zararli dasturdan taxminan 13 ming foydalanuvçi aziyat çekkan. Buzib kirilgan uskunalarga esa bir keça-kunduzda 30 mingga yaqin ilovalar örnatildi.
Şuningdek, xakerlar foydalanuvçilarning Gmail, Google Photos, Google Docs, Google Play va Google Drive servislaridagi ma'lumotlarini ham qölga kiritişgan. Hozirda Check Point kompaniyasi Google bilan hamkorlikda xakerlik hujumi oqibatini bartaraf etiş bilan band.

















