Bugun rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Mail.Ru Group boşqaruvidan çiqişi ma'lum qilindi. Usmonovning özi «bu jarayonga sönggi yillar davomida tayyorgarlik körgani»ni bildirdi.
«Aminmanki, yuqori texnologiyali kompaniyalarni yoş avlod - zamonaviy raqamli biznesning rivojlaniş tendensiyalaridan xabardor bölgan iste'dodli hamda katta maqsadli şaxslar boşqarişi lozim», - deyiladi USM asosçisi bayonotida.
Endilikda Mail.Ru menejyerlari Boris Dobrodeyev va Dmitriy Sergeyev, şuningdek, «Gazprombank» top-menejyerlari Alan Vaksman hamda Sergey Mednov yangi a'zolar sifatida direktorlar kengaşi tarkibiga kiritiladi.
Alpari kompaniyasining katta tahlilçisi Roman Tkaçukning fikriça, Alişer Usmonov şu yöl bilan AQŞ tomonidan tayyorlanayotgan sanksiyalarga tayyorgarlik körmoqda. Amerikalik siyosatçilarning oxirgi bayonotlariga köra, AQŞ Rossiya hamda rossiyalik oligarxlarga nisbatan har oyda sanksiyalar joriy etişi kutilmoqda. Usmonovning boşqaruvni tark etişi esa Mail.Ru Group’ni sanksiyalar xataridan saqlab qoladi.
Nazoratni tölaligiça boşqaruv qöliga topşiriş Alişer Usmonov uçun birinçi marta emas. U 2016 yilda özining USM Holdings kompaniyasidagi nazoratidan voz keçgan edi.

















