Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarining sudga kiritgan da'volari davlat bojidan ozod etildi
2016 yil 25 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqdilar. Ushbu qonunga muvofiq bir qator qonun hujjatlariga ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritildi.
“Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga aksiyadorlik jamiyatlariga chet ellik investorlarni keng jalb qilishga, korporativ boshqaruvda ularning faol ishtiroki uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, aksiyadorlik jamiyatlarida chet ellik investorlarning ustav kapitalidagi ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi lozimligi nazarda tutilgan tartib o‘rnatilmoqda.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi da'volar bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 aprelda qabul qilingan “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga taqdim etilgan yuridik shaxslarning foyda solig‘i, mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va boshqa soliqlar bo‘yicha imtiyozlar xorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigacha miqdorni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchaning Soliq kodeksiga kiritilganligi muhim ahamiyatga ega.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasiga normativ-huquqiy hujjatlar e'lon qilinadigan rasmiy manba maqomi berildi, bu qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini fuqarolar e'tiboriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida va to‘liq yetkazish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratib beradi.
Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga ularning normalarini yangi qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlar maxsus va huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan o‘qitish dasturiga muvofiq sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini vaqti-vaqti bilan oshirib borishning yagona tizimini joriy etishga qaratilgan. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026