Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada yuz bergan zilziladan ko‘rilgan iqtisodiy zarar miqdori e'lon qilindi
24-avgust kuni Italiyaning markaziy hududlarida yuz bergan kuchli yer silkinishidan ko‘rilgan iqtisodiy talofat, dastlabki hisoblarga ko‘ra, 1 mlrd dollardan oshib ketgan, sug‘urta qoplamalari 500 mln dollardan ortadi, deyishmoqda KAC ekspertlari. Biroq, yakuniy zarar miqdori bundan ko‘p bo‘lishi aniq.
Bloomberg agentligining xabariga ko‘ra, sug‘urta sohasining zarari 2009-yildagi zilzilada ko‘rilganidan ortiq bo‘lishi mumkin. O‘shanda, Generali 100 mln yevro to‘lagan edi. Axa - 41 mln yevro, Hannover Re - 11,2 mln yevro, Munich Re - 23 mln yevro mablag‘ini sug‘urta to‘lovlariga sarflagandi.
Shu bilan birga, bu hol aksincha bo‘lishi ham ehtimoldan hol emas. Generali sug‘urta kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Italiyaning markaziy tumanlaridagi turarjoylarning atigi 20 foizi sug‘urtalangan, xolos.
24-avgust, chorshanbaga o‘tar kechasi Italiya markazida Rixter shkalasi bo‘yicha 6,2 ballik yer silkinishi yuz berdi. Zilzila oqibatida Italiyaning o‘tgan yilgi eng chiroyli shahri deb topilgan Akkumoli, Posta hamda Arkuata-del-Tronto shaharlari vayron bo‘ldi.
Qurbonlar soni 250 nafarga yaqinlashgan. Qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026