Jamiyat | 17:56 / 25.08.2016
7545
2 daqiqa o‘qiladi

«Rossiya-1» xodimlari debat chog‘ida Putinning yo‘llar haqidagi hazilini eslamaslikka harakat qilishdi (Video)

24 avgust kuni «Rossiya-1» kanalidagi saylovoldi teledebatlari chog‘ida Mixail Kasyanov Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadagi parchani yodga oldi. Prezident yo‘llarsiz avtomobilda yurish istagini "ig‘vo" deb atab, Xabarovsk o‘lkasining aholisi ustidan hazil qilgan edi. 

"Mana shu infratuzilmali savollar yechimiga davlat yondashuvi!" (Mixail Kasyanov)

Kasyanov Putin xabarovskliklarga piyoda yurishni maslahat berganini ta'kidlab o‘tdi.  

Debat boshlovchisi jonli efirda bunday narsani "eslay olmasligini" aytib o‘tdi, reklamadan so‘ng esa tomoshabinlarga ko‘rsatuv muharrirlari tekshirib, "Putinning bunday javobini topa olishmaganini" ma'lum qildi. 

Biroq jonli efirdagi mazkur parchani YouTube'da "Agar yo‘llar bo‘lmasa" degan qidiruv orqali topish mumkin. Bu faktga «Rossiya-1» xodimlarini aldovda ayblab, ikki parcha — debatlar qismi va Jonli efir parchasini ham montaj qilgan foydalanuvchilar e'tibor qaratishdi.

Biroq foydalanuvchilar montajning barcha versiyasida Putin javobining qisqa talqinini yoritishgan, aslida esa "ig‘vo" haqidagi hazildan so‘ng Putin Uzoq Sharqdagi maxsus vakil Yuriy Trutnevga muammoni hal etishiga buyruq beradi.

"Agarda aholi yashash punktlari qurilsa, yo‘llar albatta, zarur, boshqachasiga tasavvur qilish mumkin emas" (Vladimir Putin)

Shuningdek, Kasyanovning Putin Belgo qishlog‘i aholisiga piyoda yurishni taklif qilgani haqidagi so‘zlari tasdiqlanmadi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid