Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Rossiya-1” telekanali Kim Chen Inga “tabassum” qo‘shib qo‘ydi
“Rossiya-1” telekanalida efirga uzatiluvchi “Vesti nedeli”ning yangi sonida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In uchrashuvi haqidagi lavha namoyish qilindi. Ko‘rsatuv boshlovchisi Dmitriy Kiselyov uchrashuv tafsilotlari haqida so‘zlayotganda uning orqasidagi ekranda Lavrov va Kim Chen In bir-birlarini qo‘llarini siqib turgan surat namoyish qilingan. Suratda Kim Chen In yengil tabassum qilgan holda aks etgan. Biroq tashqi ishlar vazirligi tomonidan 31 may kuni e'lon qilingan original suratda Kim Chen In jiddiy holda tasvirlangan.
Ta'kidlanishicha, bundan telekanal nima uchundir Shimoliy Koreya yetakchisiga “tabassum” qo‘shib qo‘ygani kelib chiqmoqda, vaholanki uning shundoq ham tabassum qilib tushgan suratlari bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, buni Lavrov va Kim Chen In uchrashuvidan olingan video ham tasdiqlaydi: ular bir-birlarini qo‘l siqishib, tabassum bilan qarshilashgan, biroq jurnalistlar uchun suratda Shimoliy Koreya yetakchisi jiddiy holda ko‘rinishni lozim topgan.
Mavzuga oid
10:15 / 30.12.2025
Lavrov Ukrainani «Putinning qarorgohiga hujum qilish»da aybladi. Bu haqda nimalar ma’lum?
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
17:00 / 28.12.2025
Putin yana harbiy formada yig‘ilish o‘tkazdi. Lavrov Yevropani «tinchlik yo‘lidagi asosiy g‘ov» deb atadi
21:21 / 26.12.2025