Sport | 22:21 / 25.08.2016
11700
2 daqiqa o‘qiladi

UYeFA mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqladi

Monakodagi YeChL guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimdan keyin UYeFA talqiniga ko‘ra, 2015-2016 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Unga ko‘ra "Real" jamoasining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsumda Yevropadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

31 yoshli futbolchiga jamoadoshi Garet Beyl hamda "Atletiko"ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmann raqobat qilgandi.

Ronaldu o‘tgan mavsumda "Real" bilan YeChLda, Portugaliya terma jamoas bilan esa Yevropa chempionatida g‘olib chiqdi.

Qayd etish kerakki, portugaliyalik futbolchi bu sovrinni faoliyatida ikkinchi marta qo‘lga kiritdi.

Yevromavsumning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxati:

2010–11 Lionel Messi (Argentina/Barselona)
2011–12 Andres Inesta (Ispaniya/Barselona)
2012–13 Frank Riberi (Fransiya/Bavariya)
2013–14 Krishtianu Ronaldu (Portugaliya/Real)
2014–15 Lionel Messi (Argentina/Barselona)
2015–16 Krishtianu Ronaldu (Portugaliya/Real)

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid