Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Garov reyestri faoliyati davomida foydalanuvchilar tomonidan 320 mingga yaqin yozuv qayd etildi
Hozir garov munosabatlariga binolar va inshootlarnigina emas, intellektual mulk, inventar va xomashyolar, debitor qarzlar, qishloq xo‘jaligining kutilayotgan hosili va boshqa mulklarni ham jalb etish mumkin. Kreditorlar tomonidan moliyalashtirish amaliyotlarini shunday ta'minotlar ostida amalga oshirish va tavakkalchilikni kamaytirishda garov reyestri qo‘l keladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Garov reyestrini majburiyatlar bajarilishini ta'minlash vositasi sifatida berib qo‘yilgan mulklar to‘g‘risidagi elektron e'lonlar taxtasi deyish ham mumkin. Bunday e'lonlar taxtasidan har bir kreditor yoki boshqa istalgan shaxs www.garov.uz sayti orqali bahramand bo‘ladi. Bu ma'lum bir mol-mulkning garovdaligi bo‘yicha va garovdagi mol-mulk hisobiga o‘z talablarining qanoatlantirilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlar to‘g‘risida ma'lumotlarni kuzatib borish imkonini beradi.
Garov reyestri faoliyati davomida foydalanuvchilar tomonidan 320 mingga yaqin yozuv qayd etildi, 19,4 mingdan ortiq yozuvlarga o‘zgartishlar kiritildi, qariyb 46,3 mingta yozuv garov majburiyatlari bajarilganligi munosabati bilan garov reyestridan chiqarildi. Foydalanuvchilarga yozuvlar bo‘yicha 1,9 mingdan ziyod ko‘chirma taqdim etildi. Natijada garov reyestriga ta'minot sifatida qabul qilingan 550 mingdan ortiq mulk obekti bo‘yicha kreditorlar huquqlari to‘g‘risida yozuvlar kiritildi.
Mavzuga oid
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025