Jamiyat | 14:24 / 26.08.2016
8395
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya restoranlarida zilzila qurbonlariga hamdardlik ramzi sifatida menyular o‘zgartiriladi

Italiyadagi 700 dan ziyod restoran o‘z menyusiga Amatrichan sousli spagetti taomini qo‘shadi. Bu Amatriche shahridagi dahshatli zilzila qurbonlariga hamdardlik ifodasi sifatida amalga oshiriladi. Chunki ushbu spagetti shu shaharning milliy taomi hisoblanadi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Tashabbus rimlik rassom Paolo Kampana tomonidan ilgari surildi. U “feysbuk”dagi o‘z sahifasida barcha restoranlarni o‘z menyulariga ushbu taomni qo‘shishga va tushgan pulni zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam beruvchi fondga ajratishni so‘ragan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taklifi keng ko‘lamda ommalashinini sira kutmagan.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid