Jahon | 15:03 / 26.08.2016
4847
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi zilzila qurbonlari soni 267 kishini tashkil qilmoqda

24 avgustga o‘tar kechasi Italiyaning markaziy qismida ro‘y bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 267 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmati ma'lum qilgan.

Oxirgi xabarlarda ushbu tabiiy ofat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 250 kishi ekani aytilgandi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda 387 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan holda Marke, Abrutstso va Latsio viloyatlaridagi shifoxonalarda qolmoqda. 1000ga turar joydan mahrum bo‘lgan.

Vayron bo‘lgan shaharlar tog‘li hududda bo‘lgani va yo‘llar ham abgor holga kelgani sababli qutqaruv texnikasining tabiiy ofat hududiga yetkazilishi qiyin kechmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:36da (Toshkent vaqti bilan soat 06:36) Rimdan 118 km shimoli-sharqda joylashgan hududda, L’Akuila shaharchasiga 48 km shimoliy nuqtada 6,1 balli zilzila qayd etildi. 1 soat o‘tib bu zilzila 5,4 ball bilan takrorlandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid