Mourino qolgan kunlardagi transferlar bo‘yicha rejasi haqida ma'lum qildi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino ma'lum qildiki, transferlar oyining oxirgi haftasini «qizil iblislar» xotirjamlik bilan o‘tkazadi.
«Menda 23 futbolchi bor, endi hech kim kelmaydi va hech kim ketmaydi. 23 futbolchi yetarli, agar qandaydir muammo yuzaga keladigan bo‘lsa, akademiyada bir qancha yosh futbolchilar bor va men ularning tezligidan bajonidil foydalanaman.
Menga Kemeron Bortvik-Jyeksonning o‘yini juda yoqar edi, ammo u o‘ynash uchun «Vulverhempton»ga ketdi, chunki chap qanotda Lyuk Shou, Roxo va Blind bor. Barcha klublar ham shunday qarorlarni qabul qilib turishadi.
Menimcha oldindagi hafta biz uchun jimlik bilan o‘tadi, atrofda vertolyotlar uchmaydi, chunki hech kim kelmaydi va hech kim ketmaydi. Men qo‘l ostimda to‘plangan jamoadan mamnunman», — degan Mourino.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
17:35 / 06.02.2024
Manba: «Bavariya» Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda
16:29 / 03.08.2022
Fabregas «Komo»da va futbol tarixidagi eng kutilmagan boshqa transferlar
16:44 / 18.05.2022
APLdagi rekord transferlar. Kimlar ishonchni oqladi va kimlarga hali vaqt berish lozim?
12:13 / 16.11.2021