Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: 2018 yildan kuchli to‘rtlik chempionatlari YeChLda 4tadan o‘ringa ega bo‘ladi
UYeFA Yevropa chempionlar ligasi formatidagi o‘zgarish haqida rasman e'lon qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, Angliya, Italiya, Ispaniya va Germaniya chempionatlarining 4ta eng kuchli jamoasi YeChLning guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma orqali ishtirok etadi.
Ayni vaqtda Angliya, Ispaniya va Germaniya 3+1 ko‘rinishida, Italiya chempionati esa 2+1 ko‘rinishidagi kvotaga ega.
Yangi qoida 2018/19 yilgi mavsumda joriy etiladi.
Bundan tashqari, YeChLning amaldai g‘olibi keyingi mavsumda turnir guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi tasdiqlandi.
Shuningdek, klublar koeffitsiyentlarini hisoblash bo‘yicha yangi tizim qo‘llanadi – jamoalar qo‘lga kiritgan yutuqlari bo‘yicha baholanadi.
Manba: Tribuna.uz