Jahon | 22:41 / 27.08.2016
7086
1 daqiqa o‘qiladi
Angliyaning bosh avtomobil yo‘llaridan biriga piyodalar ko‘prigi qulab tushdi
27 avgustda Londonni Yevrotonnel bilan bog‘lovchi M20 avtomobil yo‘liga piyodalar ko‘prigi qulab tushdi.
Ko‘prik Uest-Melling shahrida yuk mashinasi ko‘prik konstruksiyasiga kelib urilgandan keyin qulagan. Oqibatda ikkita yuk mashinasi ko‘prik vayronalari ostida qolib ketgan. Bir kishi yengil jarohatlar olgan.
Ayni vaqtda trassa ikki tomonidan berkitib qo‘yilgan. Shanbadan dushanbagacha trassadan kuniga 4 mln dan ko‘proq avtomobil o‘tishi kutilgandi.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12:00 / 09.10.2024
Ulkan baqlajondan uzun loviyagacha. Angliyalik pensioner gigant sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha 25 marta rekord o‘rnatdi
20:46 / 14.09.2024
Angliyadagi maktablarda telefondan foydalanish taqiqlanmoqda
08:58 / 22.08.2024