Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar futbol uyushmasi o‘z vitse-prezidentini chetlatishga chaqiriqdan keyin qo‘llab-quvvatladi
Qatar futbol uyushmasi (QFA) o‘z vitse-prezidenti Saud Al-Muhannadiyni FIFAning uni chetlatish bo‘yicha ishida qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda QFA bayonotida ma'lum qilindi.
"Uyushma bu masalaning to‘liq va adolatli ko‘rib chiqilishi Al-Muhannadiy axloq bo‘yicha qo‘mita bilan chin dildan hamkorlik qilgani va unga qarshi barcha ayblovlar asossiz ekanligini tasdiqlashiga ishonchi komil", deyilmoqda bayonotda.
Avvalroq FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi Al-Muhannadiyni hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun Qatar futbol uyushmasini boshqarishdan 2,5 yilga chetlatishni tavsiya qilgandi. FIFA masalaning mohiyatini oshkor qilmadi va talab Qatarda 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq emasligini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, FIFA tergov palatasi Qatar futbol uyushmasiga Al-Muhannadiyni 20 ming shveysar frankiga (20,6 ming dollar) jarimaga tortishni tavsiya qilgan.
QFA bayonotida ta'kidlanishicha, tergovchilarning tavsiyasiga qaramay, Al-Muhannadiy FIFA kengashiga keyingi saylovlarda qo‘llab-quvvatlov oladi.
Yaqin orada tergov qo‘mitasining hisoboti FIFA axloq qo‘mitasining Shveytsariyadagi hakamlik sudida ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026