Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino jahon çempionati boşlanişi arafasida ötkazilgan matbuot anjumanida AQŞga kirişdagi muammolar atrofida şov-şuv kötarmaslikka va rohatlanib işlaşga çaqirdi.

Jurnalistlardan biri esa unga somalilik hakam Umar Artan bilan röy bergan voqeani eslatib, uni özining eng yaxşi hakamlaridan birini himoya qila olmaslikda aybladi, şuningdek, Eron milliy jamoasi öz maşğulot bazasini Meksikaga köçirişga majbur bölgani, yana köplab mamlakatlardan OAV vakillari va oddiy muxlislar jahon çempionati mezboni bölgan mamlakatga kira olmaganini aytib, FIFA şafeligidagi turnir ustidan nazoratni yöqotganingizni tan olasizmi, deya söradi.

Bunga javoban Infantino Umar Artan bilan bölgan voqea qayğuli ekani, ammo taşkilot barçasini nazorat qila olmasligini aytdi.

«Muammolarni hal qilişga harakat qilyapmiz, vaziyatni örganyapmiz. Ba’zida şunçaki tinçlaniş foydali bölişi mumkin. Ba’zida baqiriş, ğazablaniş yordam bermaydi, balki teskari effekt beradi. Sizni işontirib aytamanki, biz doimo yeçim topişga harakat qilamiz. Doim. Ammo biz dunyoning egasi emasmiz. Biz hukumatlar va politsiyaçini boşqaradigan qirollar emasmiz», degan u.

Eslatib ötamiz, AQŞ hukumati jahon çempionatida öyinlarni boşqarişi kerak bölgan Umar Artanni Mayami xalqaro aeroportidan ortga qaytarib yubordi. Bunga Somali fuqarolari Amerikaga kirişi çeklangan davlatlar qatorida ekani sabab böldi. Umar diplomatik pasportga egaligi ham foyda bermadi.