Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi yapon laynerining nosozlik tufayli yana parvozi qoldirildi
Yangi yapon reaktiv yo‘lovchi layneri Mitsubishi Regional Jet (MRJ) ikkinchi marotaba AQShga sinovdan o‘tish uchun uchib keta olmadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot konditsionerlash tizimida buzilish aniqlanishi sababli uchgan aeroportiga 2 soatdan keyin qo‘nishga majbur bo‘lgan. 27 avgustda ham MRJ Nagoyaga xuddi shu sabab havoga ko‘tarilgandan bir soatdan keyin qaytgandi. Ko‘rinishicha, muammo oxirigacha hal qilinmagan.
Layner xavfsizlik haqida guvohnoma olish uchun 2,5 ming soat uchishi kerak, sinovning katta qismini AQShda bajarish rejalashtirilgan. Dastlab samolyot 29 avgustda Vashington shtatiga yetib kelishi kutilgandi.
Samolyot parvozi davomida yonilg‘i quyish uchun bir nechta qo‘nishni amalga oshiradi.
MRJ Yaponiyada 50 yildan ko‘proq vaqt ichida birinchi tijoriy samolyot yaratishga urinish bo‘ldi. Uning yaratilishi uchun 7 yil ketgan. Layner birinchi sinov parvozini 2015 yil noyabrda amalga oshirgandi.
Samolyotning uchish uzoqligi 1,8 ming km dan 3,7 ming km gachani tashkil qiladi. Samolyotning 76 va 88 kishiga mo‘ljallangan modifikatsiyalari mavjud.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026