Jahon | 09:09 / 28.08.2016
4987
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri to‘fon sababli Keniyadagi safarini qisqartirishga majbur bo‘ldi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Yaponiyaning bosh oroli – Xonsyuga "Layonrok" to‘foni yaqinlashayotgani sababli Keniyadagi safari dasturini qisqartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Abe Keniyada Afrikani rivojlantirish bo‘yicha Tokio xalqaro anjumanida ishtirok etmoqda.

Ta'kidlanishicha, Abe Tokioga rejalashtirilgandan avvalroq – 29 avgustda kechki payt yetib keladi. Bunday qaror Abe Tokioda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish operatsiyasini boshqarish operatsiyasida ishtirok etishi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.

Yaponiya meteorologik agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 10-darajali tropik bo‘ronga aylangan "Layonrok" to‘foni Okinava prefekturasiga kiruvchi Minamidayto orolidan 300 km uzoqlikda joylashgan. 28 avgust ertalab holatiga ko‘ra, u shimoli-sharqiy yo‘nalishda soatiga 15 km tezlik bilan surilmoqda. To‘fon markazidagi shamol tezligi soniyasiga 60 metrni tashkil qilmoqda.

To‘fon Xonsyu oroliga urilishi hozircha noma'lum, biroq ob-havo mutaxassislari bo‘ron shimoli-sharqiy tomon 29 avgustgacha surilib, Ogasavara va Idzu orollariga yopiriladi, so‘ngra shimoli-g‘arb tomon burilib, 30 avgustda Yaponiyaning markaziy qismiga yetishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid