Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda jangarilar qamoqxonaga hujum qilib, o‘z boshliqlarini ozod qilishdi
Filippinning Malavi shahrida jangarilar guruhi qamoqxonaga hujum uyushtirib, hibsda saqlanayotgan 28 mahbusni ozod etishdi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lumot bergan.
Ma'lum qilinishicha, Maute tashkilotining 50 nafarga yaqin jangaridan iborat guruhi qamoqxonaga hujum qilib, 1 hafta oldin qamoqqa tashlangan 8 nafar qo‘mondonni olib ketishgan. Vaziyatdan foydalangan yana 20 mahbus qamoqxonadan qochib ketgan.
Hozirda hukumat hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib bormoqda.
Birinchi navbatda qamoqxona qo‘riqchilari bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatmagani o‘rganiladi. Qayd etilishicha, jangarilarning yetakchilari keltirilgach, muassasani qo‘riqlash xizmati kuchaytirilgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026