Iqtisodiyot | 10:37 / 28.08.2016
8062
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada yerni faqat latish tilini biladiganlarga sotish taklif etildi

Siyosatchi Armand Krauze Latviya parlamentiga (Seym) "Qishloq xo‘jaligida yerni xususiylashtirish" bo‘yicha qonunni to‘ldirish, mamlakatdagi yerlarni faqat latish tilini biluvchilarga sotish tartibini o‘rnatishni taklif etdi.

"Fermerlar tavakkal qilishdan avval mamlakat qonunchiligini va instruksiyalarni tushunar darajada latish tilini bilishi kerak", deya izohlagan u o‘z taklifini.

Bu taklif yaqin vaqt ichida parlamentariylar tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid