Sport | 11:03 / 28.08.2016
6104
2 daqiqa o‘qiladi

U-16 o‘smir qizlar o‘rtasidagi OCh saralashi: O‘zbekiston 2-turda durang o‘ynadi

Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-16 o‘smir qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslarida 2-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Vetnam mamlakati mezbonlik qilayotgan saralashning "D" guruhidagi 2-turida O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasi Falastinga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.

Dastlabki turda Vetnam o‘smirlar terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgan o‘zbekistonlik qizlar o‘yinning so‘nggi daqiqalarida to‘p kiritib guruhdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston U-16 o‘smir qizlari navbatdagi o‘yinini 29 avgust kuni Gonkong o‘smir qizlariga qarshi o‘tkazadi.

U-16 o‘smir qizlar o‘rtasidagi OCh saralashi.
Xanoi, Vetnam.
"D" guruhi, 2-tur.
O‘zbekiston U-16 – Falastin U-16 – 1:1.
Gollar: Tojiniso Rashidova (90) – Laylo Al Shayx (80).
O‘zbekiston U-16: Zarina Saidova, Ozoda Xojiyeva, Amina Shodiyeva, Shaxnoza Yusupova, So‘g‘diyona Allamurodova, Albina Boboqulova, Anora Farmonova, Jasmina Abduvaliyeva (Tojiniso Rashidova 26), Parvina Shomirzayeva, Mehriyona Toirova, Madina Hikmatova.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid