Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ayollar qotili ushlandi
Xitoy politsiyasi 11 nafar ayolni zo‘rlash va o‘ldirishda gumon qilingan erkakni ushladi. Bu haqda 29 avgustda ma'lum qilindi.
Gao Chen-yun ismli erkak rafiqasi bilan birga egalik qilgan do‘konida ushlangan. Ikki farzandning 52 yoshli otasi 1988 yildan 2002 yilgacha amalga oshirgan qotilliklarini bo‘yniga oldi.
Huquq-tartibot muassasalari xodimlarining aytishicha, Xitoyda Jyek-jallod deb atalgan qotilning qurbonlari asosan qizil rangli kiyimda bo‘lgan yolg‘iz ayollar bo‘lgan. U qurbonlari ortidan uylarigacha kuzatib, ularni zo‘rlab o‘ldirgan.
Qotilning eng yosh qurboni 8 yoshli qizcha bo‘lgan.
Xitoylik birinchi qotillikni 1988 yil may oyida sodir etgan. U 23 yoshli ayolga pichoq bilan 26 ta jarohat yetkazgan. Qotil nima uchun 2002 yilda o‘zining mudhish ishlarini yakunlaganiga hozircha tushuntirish yo‘q.
Qotil haqida ma'lumot uchun hukumat 30 ming dollar mukofot e'lon qilgandi. Biroq bu pullar hech kimga tegmagan, chunki qotilning shaxsi mayda o‘g‘irlik uchun hibsga olingan uning amakasidan olingan DNK namunasi tufayli o‘rnatilgan.
Jyek-jallod Angliyada 1888 yillarda ko‘plab qotilliklarni amalga oshirgan qotilning taxallusi bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:33 / 24.02.2026
Qalovini topsa, qor ham yonadi-2: Surxondaryoda sudyalar qotilni “bezori”ga aylantirishdi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026