Jahon | 09:35 / 29.08.2016
5576
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi yong‘inda halok bo‘lganlarning tanalari bugun Qirg‘izistonga yetkaziladi

27 avgust kuni Moskvadagi yirik yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 14 nafar qirg‘izistonlikning tanasi dushanba kunining ikkinchi yarmida maxsus reys orqali vatanga olib kelinadi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumatiga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.

27 avgust, shanba kuni ertalab Moskvaning Altufevsk shossesida joylashgan «Pechatniy ekspress» MChJ bosmaxonasiga qarashli omborda ro‘y bergan yong‘in oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 14 nafari Qirg‘iziston fuqarolari edi. Ularning asosiy qismi 18-25 yoshlarda  bo‘lgan. Ayni vaqtda yana 3 nafar qirg‘izistonlik Moskvadagi shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda.

Avvaliga samolyot Qirg‘iziston janubiga, keyin mamlakat poytaxti Bishkek shahriga uchadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid