Toshkent shahar hokimining 22 iyun kungi qarori bilan, shaharda 2026 yil 15 sentabrga qadar amal qiladigan yong‘inga qarshi alohida rejim joriy etildi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Muhiddinovga tashkilot va korxona rahbarlarining yong‘inga qarshi profilaktika yo‘nalishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish vazifasi topshirildi.
Bozorlar va kafe-restoranlar
Alohida rejim doirasida bozorlar, savdo majmualari va boshqa xizmat ko‘rsatish obektlarida taom tayyorlash maqsadida maishiy suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy ovqatlanish shoxobchalariga qonunchilik talablariga zid ravishda tabiiy gaz tarmoqlari va tizimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi hamda bu borada nazorat kuchaytiriladi.
Bozorlar, savdo va ko‘ngilochar majmualar hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi transformatorlar, elektr taqsimlash qutilari, sim va kabellarning amaldagi iste’mol quvvatiga muvofiqligi hamda xavfsizlik qoidalariga javob berishi to‘liq o‘rganiladi.
O‘rganish davomida kabel-sim mahsulotlari laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi, shuningdek, uzoq muddat foydalanilganligi sababli izolyatsiya qatlami eskirgan va shikastlangan sim hamda kabellarni yangisiga almashtirish choralari ko‘riladi.
Yonilg‘i quyish shoxobchalari
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh, AGTKSh, AGKSh) qonuniy tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Ayniqsa, propan va benzin quyish shoxobchalarida havo harorati yuqori bo‘lgan kunning issiq vaqtida (soat 11:00dan 17:00ga qadar) katta sig‘imli transport vositalarida yoqilg‘i tashish















