Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi ma’lumotiga köra, 22 iyun kuni soat 09:35 da «112» tizimi orqali Piskent tumanidagi Oybek mahallasi hududida joylaşgan avtomobil ehtiyot qismlari dökonida yonğin yuz berayotgani haqida xabar kelib tuşgan.
Şundan söng voqea joyiga qutqaruv bölinmalari jalb qilinib, ular soat 09:45 da hududga yetib borgan. Yonğin soat 09:48 da qurşab olingan va soat 10:14 da töliq öçirilgan.
Qutqaruvçilarning tezkor harakatlari natijasida binoning 300 kvadrat metr maydonini yonğindan saqlab qolişga erişilgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lum qilişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.
Ayni paytda yonğinning kelib çiqiş sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









