Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB Obamaga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi
AQSh Federal qidiruvlar byurosi AQSh prezidenti Barak Obamani avgustdagi ta'tillari vaqtida o‘ldirmoqchi bo‘lgan massachusetslik erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 40 yoshli Jozef Gargyulo 27 avgustda hibsga olingan, uning uyi tintuv qilinganda o‘qlar va o‘qotar qurollar, portlovchi moddalar arsenali aniqlangan. Erkak uning tanishlaridan birining ko‘rsatmasi bilan qo‘lga olingan.
"Gargyulo prezident Martas-Vin'yard orolida golf maydonida bo‘lganda uni o‘ldirish imkoniyatidan foydalanmoqchi ekanligini aytgan", deyilmoqda xabarda.
FQB olgan ma'lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi AR-15 miltig‘i uchun komponentlar hamda portlovchi qurilma tayyorlash uchun ishlatiladigan termit xarid qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Gargyuloda ruhiyati bilan muammolar bo‘lgan, steroidlar iste'mol qilib yurgan va yaqin orada AQShda harbiy tartib kiritilishiga ishongan. Taxminlarcha, u bir necha marotaba xavfsizlik idoralari xodimlari va musulmonlarni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.
Mavzuga oid
15:15 / 11.02.2026
Rossiya generaliga uyushtirilgan suiqasdning yana bir ishtirokchisi qo‘lga olindi
14:48 / 09.02.2026
FXX Alekseyevga suiqasdda gumonlanuvchilar aybiga iqror bo‘lganini ma’lum qildi
20:49 / 08.02.2026
Alekseyevga suiqasd ijrochilari qo‘lga olinishi. Hozirgacha nimalar ma’lum?
14:22 / 08.02.2026