Şu yil 28 fevralda boşlangan AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi hozirça öz nihoyasiga yetgandek körinmoqda. Hali beri Yaqin Şarq mintaqasida mustahkam tinçlik bölmaydi, çunki Isroil öz agressivligini qöymaydi, u öz xavfsizligini mutlaqlaştirişda davom etadi – demak, qolgan davlatlarga harbiy bosim saqlanib qolaveradi, Falastin davlati hali yöq, Eron–Isroil, Isroil–arab davlatlari va boşqa ziddiyatlar saqlanib qolaveradi. Biroq Tramp va Netanyahuning 28 fevralda boşlagan uruşi, hozirça, özining mantiqiy yakuniga yetmoqda.

Mantiqiy yakuni deganda, Tramp oğir tanlov qarşisida qolgan edi: yoki boşida e’lon qilingan maqsadlarga erişiş uçun katta uruş qiliş (unda bunday hohiş, resurs va mandat yöq edi), yoki Hörmuz böğozini yopib turgan Eron bilan tezroq kelişuvga erişiş va masalani hozirça yopiş.

Tramp ikkinçi yölni tanladi. Eron bilan muzokaralar çoğida, keyingi bir-ikki oy mobaynida Tramp Netanyahuni hatto muzokaralar jarayoniga ham yaqin yölatmadi. Isroil muzokaralar haqida faqat matbuotdan, özining kanallaridan bildi xolos.

Donald Tramp öz nomzodligini AQŞ prezidentligiga körsatganda, u demokratlarni tanqid qilişdagi eng asosiy nuqtalardan biri sifatida Barak Obamaning Eron bilan kelişuvlarini tanlagandi. Tramp yillar davomida: “Obama Eron bilan juda zaif kelişuv tuzdi, bu kelişuv AQŞ foydasiga emas, men prezident bölsam, bu kelişuvdan çiqib ketaman, Eron bilan boşqa, juda kuçli kelişuvga erişaman” deya gapirib keldi. Uning bu qaraşlari, tabiiyki, Isroilga va Netanyahuga juda yoqardi.

AQŞning Eron yadro dasturi böyiça muzokaralar 2005 yildayoq boşlangan edi. Obama prezidentligi davrida, 2015 yil aprel oyida AQŞ, Fransiya, Britaniya, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Eron va Yevropa Ittifoqi örtasida “Birgalikda keng qamrovli harakatlar rejasi” imzolandi. Kelişuvga köra:

  • Eronda boyitilgan uranning aksariyat qismi çetga olib çiqiladi;

  • Eronning biron bir yadro obekti demontaj qilinmaydi;

  • AEXA Erondagi barça yadro obektlari ustidan 15 yil davomida uzluksiz nazorat qilib, atom dasturi faqat tinçlik yölida ekanini tekşiriş huquqiga ega böladi;

  • AQŞ, Yevroittifoq, BMT Xavfsizlik Kengaşi sanksiyalari yeçiladi.

Biroq Obamaning Eron bilan kelişuvlari mintaqadagi ikki davlat tomonidan juda salbiy qabul qilingan edi, bu – Isroil va Saudiya Arabistoni. Netanyahu Obamaning Eron bilan kelişuvlarini buziş uçun juda katta siyosiy kampaniya olib borgan edi. Eron bilan kelişuvlar 2015 yilning aprelida imzolangan bölsa, şunday ikki oy oldinroq, mart oyida Netanyahu AQŞga safar qiladi. Safari çoğida Obama bilan uçraşmaydi (uçraşişni Obama rad etgan), aksinça, prezidentga muxolifatdagi respublikaçilar taklifi bilan, AQŞ Kongressida katta çiqiş qiladi. U öz çiqişida mazmunan “Eron – terrorçi davlat, uning qölida yadro quroli bölsa, nafaqat Isroilga, balki AQŞ va butun dunyoga katta xavf paydo böladi” degan fikrni singdirişga urinadi. Öşanda 50 dan ortiq demokrat kongressmen Netanyahuning çiqişini boykot qilib, zaldan çiqib ketgan.