Jahon | 14:42 / 31.08.2016
13843
2 daqiqa o‘qiladi

X sayyora tufayli Uran va Neptun Quyosh tizimidan tashqariga chiqib ketishi mumkin

X sayyora kelajakda bir yoki bir necha gaz gigantlari, eng avvalo Uran va Neptunni Quyosh tizimidan tashqariga chiqarib yuborishi mumkin. Shunga bag‘ishlangan tadqiqot haqida Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnalida ma'lumot berildi

Mualliflar tomonidan prognoz qilinayotgan hodisa yetti milliard yildan keyin, ya'ni Quyosh qizil gigantga aylanganda sodir bo‘lishi kerak. Bu vaqtga kelib, Merkuriy yorug‘likka to‘lgan bo‘ladi, Yerdagi sharoit esa (agar yulduz uni yakson qilmasa) Veneradagi sharoitga o‘xshab ketadi. 

Quyoshning massasi ikki karra kichrayadi, buning natijasida uning Yupiter, Saturn, Uran va Neptunga gravitatsion ta'siri kamayadi. Ushbu gaz gigantlari asta-sekinlik bilan X sayyora joylashgan tizim tomon harakatlanib boradi. 

X sayyora va to‘rt gigantning o‘zaro ta'siri gaz obektlarining kamida bittasi Quyosh tizimi tashqarisiga chiqarib yuborilishiga olib keladi. Tashqi osmon jismi qanchalik katta bo‘lsa, uning ichki sayyoralarga ta'siri shunchalik kuchli bo‘ladi.

Pluton orbitasi tashqarisida X sayyora mavjudligiga doir taxminlarni olimlar 2016 yilning yanvarida ma'lum qilishgandi. Tizimdagi potensial to‘qqizinchi sayyora Quyosh atrofida cho‘zilgan orbita bo‘ylab aylanmoqda, u fizik-kimyoviy xossalariga ko‘ra, Neptunga o‘xshashi aytilmoqda.

Mavzuga oid