Sudlanishdan qochgan amerikalik 12 yilga hukm qilindi
Kubaga sud ta'qibidan motorli qayiqda juftakni rostlagan amerikalik, vatanida 12 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press agentligi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Ayova shtatilik 38 yashar Shon Maykl Vegmann o‘tgan yili, gumashtalariga Ayova va Illinoys shtatlarida 38 dona o‘q otar qurolni o‘g‘irlashda ko‘mak berganini tan olgandi. Shundan so‘ng, AQSh hukumati uni 2015-yil iyulida sudga kelish sharti bilan qo‘yib yuborgan.
Biroq, qamalishni istamagan Vegmann o‘tgan yilning oktabrida Floridaga borib, u yerda motorli qayiqni o‘g‘irlagan va Kubagacha yetib olgan. Biroq, dekabr oyida Kuba amerikalikni AQShga qaytarib berdi.
Sudning ma'lum qilishicha, 29-avgust kuni Vegmannga hukm o‘qilgan. Amerikalik qurol o‘g‘irlash va saqlash hamda sudga kelmaslik bo‘yicha aybiga iqror bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024