Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerri Rossiya bilan xalqaro munosabatlardagi aloqalarni yuqori baholadi
AQSh davlat kotibi Jon Kerri xalqaro dolzarb muammolarga barham berishda Rossiya bilan munosabatlarni yuqori baholadi. Xususan, Rossiya Eron yadro muammosini hal etish va Suriyadan kimyoviy qurol olib chiqishda yordam bergan.
«Ular Eron yadro kelishuvida hamkorlik qilib, ishlatilgan yadro yoqilg‘isini qayta ishlashga olib chiqdi va shu bilan uning zaxirasini kamaytirishda amaliy yondashuvni namoyish etishdi. Biz Suriya kimyoviy qurolini birgalikda olib chiqdik. Endilikda, u yerda, jangovar harakatlarga hamkorlikda barham bermoqchimiz», — deya Kerri so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Bundan tashqari, u RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Jyenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvni «amaliy» deb baholagan. Uning aytishicha, Ukraina inqirozi bo‘yicha muloqot ham davom ettirilmoqda.
AQSh davlat kotibi shuningdek, Rossiya imkoniyatlarini keng baholagan.
«Bu ulkan tarix, katta iqtidor va imkoniyatlarga ega mag‘rur davlatdir. Biz bularning barchasi ba'zan amaliy ko‘rinishga ega bo‘lishini xohlar edik», — deb aytgan Kerri.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026