O‘zbekiston | 16:47 / 03.09.2016
14430
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston rahbari Karimovning mintaqadagi munosabatlar mustahkamlanishidagi o‘rni beqiyos bo‘lganini qayd etdi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Islom Karimovning vafoti munosabati bilan o‘zbek xalqiga va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi hamda uning ikki mamlakat munosabatlaridagi o‘rni beqiyos bo‘lganini ta'kidladi. Uning so‘zlari Sputnik tomonidan keltirilgan.

"Marhum prezident nafaqat Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarda, balki mintaqadagi o‘zaro munosabatlar yo‘lga qurilishida muhim ishlarni bajargandi", — deya G‘anining so‘zlarini keltirgan agentlik.

Afg‘oniston prezidenti Samarqanddagi dafn marosimida ishtirok etdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid