Aşraf Ğani CNN telekanaliga bergan intervyusida bir yil avval Afğonistondan «Tolibon» mamlakat prezidentini tahqirlaşiga yöl qöymaslik uçun qoçib ketganini aytdi. Xususan, bu çora Ğani yangi hukumatni qonuniylaştiradigan hujjatni imzolaşga majburlanmaslik uçun qabul qilingan.
«Ketişimga sabab, men toliblar va ularning tarafdorlariga Afğoniston prezidentini yana bir bor kamsitiş va uni hukumatning qonuniyligi töğrisidagi hujjatga imzo çekişga majbur qiliş zavqini bermoqçi emasdim. Men heç qaçon qörqmaganman», dedi Ğani.
Siyosatçining sözlariga köra, dastlab u mamlakatni tark etiş niyatida bölmagan. Şuningdek, sobiq prezident katta miqdordagi pul bilan qoçib ketgani, yonida pasporti bölmagani haqidagi ma’lumotni ham rad etdi.
Aşraf Ğani avvalroq OAVga bergan intervyularida Afğonistonning asosiy qonuniga köra, u hamon mamlakat prezidenti ekanligini ta’kidlagan edi.
2021 yil avgust oyi boşida toliblar Afğoniston hukumat kuçlariga qarşi hujumni kuçaytirdi, 15 avgust kuni Kobulga kirdi va ertasi kuni uruş tugaganini e’lon qildi.













