Ğani BBC Radio 4 radiostansiyasining Today dasturi efirida Afğoniston rahbari sifatidagi sönggi daqiqalari haqida sözlab berdi. U dasturda Britaniya quruqlik qöşinlari boş ştabining sobiq rahbari Nik Karter bilan birgalikda iştirok etdi.

Ğanining sözlariga köra, u toliblar Kobulni egallagan 15 avgust kunida bu kun prezident lavozimidagi sönggi kuni bölişi haqida «mutlaqo tasavvurga ega bölmagan» holda uyğongan. Ğani uni Afğonistondan Özbekistonga, keyin Birlaşgan Arab Amirliklariga olib ketgan samolyot bortida ketarkan, endi amaldagi prezident emasligini tuşungan.

Sobiq prezidentni köp bor hal qiluvçi pallada Kobuldan qoçib ketgani uçun tanqidlar yoğdirişdi, uning özi esa bu nafaqat öz xavfsizligi uçun, balki şaharni saqlab qoliş uçun zarur çora bölganini aytdi.

Uning aytişiça, avvaliga «Tolibon» tarafdorlari Kobulga kirmaslikka rozi bölgan, «ammo ikki soatdan söng bu va’dadan asar ham qolmagan».

«Toliblarning ikkita turli guruhi ikki tarafdan hujum qildi. Ular örtasida aholisi beş millionlik şaharni vayron qiladigan va odamlar hayotini izdan çiqarib yuboradigan keng miqyosli töqnaşuv kelib çiqişi xavfi bor edi», dedi Ğani.

Ğanining sözlariga köra, u Kobuldan turmuş örtoği va milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi evakuatsiya qilinişiga rozilik bergan, özi esa mudofaa vazirligiga boriş uçun avtomobilni kutgan. Ammo davlat rahbari uçun maşina kelmagan. Ğanining aytişiça, haydovçi örniga prezident qöriqçilari boşliği «dahşat içida» uning oldiga kelgan va agar Ğani qarşilik körsatişda davom etsa, «hammani öldirişlari»ni aytgan.

«Men pul olib ketganim yöq»

«U menga ikki daqiqadan ortiq vaqt bermadi. Dastlabki rejalarga köra, men Hostga [mamlakat janubi-şarqidagi yirik şahar] uçişga tayyorlanişim kerak edi. Ammo u Host ham, Jalolobod ham qulaganini aytdi. Men qayerga uçayotganimizni bilmasdim. Faqat parvozdan keyin Afğonistonni tark etayotganimiz ma’lum böldi. Bularning bari juda kutilmaganda röy berdi», deya hikoya qiladi sobiq prezident.

Toliblar Ğanining prezidentlik saroyidagi kabinetiga kirişganida, stolda hali uning buyumlari va kitobi yotardi.
Zabi Karimi / AP / Scanpix / LETA