Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko: Karimov o‘zini xalqiga va davlatga xizmat qilishga bag‘ishladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev, butun O‘zbekiston xalqi hamda marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Belarus rahbari saytida xabar qilindi.
U Belarus O‘zbekiston prezidentining vafoti to‘g‘risidagi qayg‘uli xabarni chuqur anduh bilan qarshi olganini ta'kidlagan.
«O‘zini xalqiga va davlatiga xizmat qilishga bag‘ishlagan yorqin yetakchi hayotdan ketdi. Vatandoshlari va butun dunyodagi do‘stlari Islom Karimovni mustaqil O‘zbekistonning shakllanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan atoqli siyosiy va ijtimoiy arbob sifatida xotirlaydi», — degan Lukashenko o‘z ta'ziyanomasida.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
18:24 / 06.06.2026
O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
11:35 / 13.03.2026