Atoqli tarjimon, adabiyotşunos olim, Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğafurov 88 yoşida vafot etdi. Bu haqda 6 iyun kuni Yozuvçilar uyuşmasi xabar berdi.

Ibrohim Ğafurov 1937 yil 27 dekabrda, Toşkentda tuğilgan. U badiiy tarjima va adabiy tanqid sohalarida katta maktab yaratgan, özbek adabiyotşunosligining yirik darğasi edi.

Jahon adabiyotining köplab klassik namunalari, xususan Fyodor Dostoyevskiy, Jyeyms Joys, Ernest Heminguey, Çingiz Aytmatov, Gabriel Garsiya Markes kabi yozuvçilar asarlari özbek xalqiga Ibrohim Ğafurovning zargarona tarjimalari orqali yetib borgan.

U iste’dodli adib va atoqli adabiyotşunos olim sifatida köplab badiiy va adabiy-tanqidiy asarlar muallifi hamdir. Faoliyati davomida, şuningdek, 1995 yilda “Millik tiklaniş” partiyasiga asos solgan va Oliy Majlis deputatligiga saylanib, partiyaning parlamentdagi fraksiyasiga raislik qilgan.

Ibrohim Ğafurov 1995 yilda “Döstlik” ordeni, 2021 yilda “Özbekiston Qahramoni” oliy unvoni bilan taqdirlangan.

Kun.uz tahririyati millatimizning fidoyi farzandi vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga çuqur ta’ziya izhor qiladi.

  • Janoza namozi ertaga, 7 iyun kuni bomdod namozidan söng Toşkentdagi Hazrati imom (Hastimom) jome masjidida öqiladi. Marhum Teşik qopqa qabristoniga qöyiladi.