Jahon | 12:14 / 04.09.2016
7959
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya va Britaniya munosabatlarini yanada yuqori darajaga ko‘tarishga umid bildirdi

Foto: telegraph.co.uk

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida mamlakatlararo munosabatlarni ham siyosiy, ham iqtisodiy jabhalarda yanada yuqori darajaga ko‘tarishga umid bildirdi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi.

Putin ko‘plab mamlakatlar kabi Buyuk Britaniyaning oldida ham murakkab vazifalar turganini ta'kidladi. Shuningdek u Tereza Meyni Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimi bilan shaxsan qutladi.

"Barchaga ma'lumki, siz va jamoangiz oldida qiyin vazifalar turibdi, lekin bunday murakkab vazifalar hammada ham yetarli. Biz sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda ikki tomonlama aloqalarni hozirga nisbatan yuqori darajaga olib chiqishga umid bildirib qolamiz. Bizning siyosiy va iqtisodiy sohalarda qiladigan ishlarimiz talaygina", - dedi Rossiya prezidenti.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid