Jamiyat | 19:05 / 06.09.2016
8632
2 daqiqa o‘qiladi

“Atlas bayrami-2016” doirasida amaliy o‘quv seminarlariga start berildi

Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazida “Atlas bayrami-2016” doirasida tashkil qilingan amaliy o‘quv seminarlariga start berildi. 

Respublikamizning turli viloyatlari hamda xorijiy davlatlar vakillari ishtirok etayotgan seminar mashg‘ulotlar uch kun davom etadi. 

Mashg‘uoltlarning ochilish marosimida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat ishtirok etdi va seminarlarning asosiy maqsad va vazifalari haqida so‘zladi. 

Davlatimiz tomonidan hunarmandlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani samarasida O‘zbekistonning har bir hududiga xos bo‘lgan an'analar saqlanmoqda. Prezidentimizning 2010 yil 30 martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

«Atlas bayrami» festivali milliy hunarmandlikni rivojlantirish va targ‘ib qilish, hunarmandlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga xizmat qilayotir.

Joriy yilda festival dasturi sezilarli ravishda kengaytirildi. Unda mamlakatimizning barcha hududidan ishtirok etadigan hunarmandlar o‘z mahoratini namoyish etadi. Yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida an'anaviy kashtado‘zlik, tabiiy bo‘yash, liboslar dizayni bo‘yicha mahorat saboqlari tashkil etiladi.

Festival doirasida «Hunarmandlar shaharchasi» deb nomlangan amaliy san'at buyumlari yarmarkasi, O‘zbekiston modelerlari shou-defilesi, konsertlar, kurash musobaqasi, dorbozlar tomoshasi, «Devzira» osh tanlovi ham o‘tkaziladi.

 

Mavzuga oid