Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘zaro hamkorligi 30 yilligini festival, ko‘rgazma va gala-konsert bilan nishonlamoqda

2024 yilda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Yevropa kuni doirasida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligini nishonlaydi. Ushbu muhim voqeani nishonlash maqsadida 2024 yil 18 may shanba kuni Toshkent Botanika bog‘ida yilning asosiy ommaviy tadbiri – “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligi”ga bag‘ishlangan ommaviy festival va konsert bo‘lib o‘tadi. Yevropa Ittifoqi festivali, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar ko‘rgazmasi va gala-konsert yubiley sanasiga bag‘ishlangan va 2024 yil davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator bayramona tadbirlarning boshlanishini anglatadi.
O‘zbekiston bilan hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan Yevropa Ittifoqi festivali 2024 yil 18 may, shanba kuni soat 14:00 da Toshkent Botanika bog‘ida o‘z eshiklarini jamoatchilikka ochadi.
Yevropa Ittifoqi va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, ya’ni Yevropa jamoasi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar ko‘rgazmasi – Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan joriy va amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlarning eng yirik ko‘rgazmasi – yoshlar, talabalar va barcha qiziqayotganlar uchun 40 dan ortiq Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Global darvoza doirasida, savdo va bandlik, inson huquqlari va fuqarolik jamiyati, ta’lim va ko‘nikmalar, ekologik barqarorlik, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va meros va boshqa ko‘plab loyihalarni o‘rganishga interfaol platformani taqdim etadi.
Ko‘rgazma bilan bir vaqtda o‘tkaziladigan festival tadbirlari oilalar, bolalar va yoshlar uchun moslashtirilgan jonli dasturni taklif etadi. Yevropa Ittifoqiga oid viktorinalar, jamoaviy o‘yinlar, badiiy mahorat darslari va turli zonalarda – Mindscape, Sport, Dance and Ars – Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlik ramzi bo‘lgan, almashinuv va intellektual hamkorlikni rag‘batlantirishni, shuningdek, o‘yinlar va bayramlarni o‘z ichiga oladi.
Yevropa Ittifoqi festivali va ko‘rgazmasi Botanika bog‘i amfiteatrida soat 17:30 da bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan gala-konsert bilan yakunlanadi.
Tadbir jamoatchilik uchun ochiq va kirish bepul.
2024 yil 18 may kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi festival-ko‘rgazmasi va gala-konserti haqida batafsil ma’lumot olish uchun Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga tashrif buyuring 👇
Telegram: https://t.me/eu4uz
Instagram: https://www.instagram.com/eudeluzb/
Facebook: https://www.facebook.com/eudeluzb
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AEXA rahbari yadroviy xavfsizlikni ta’minlash uchun Eronga borishga tayyor
Jahon | 15:47
-
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 15:00
-
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi
Jahon | 14:59
-
Javob raketalarni otgan Eron va Isroilga yordam berayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:14
Mavzuga oid

13:18
YeI ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2027 yil martigacha uzaytirdi

16:24 / 09.06.2025
Yevropaga ochilayotgan eshik: Slovakiya bosh vaziri tashrifi va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar

11:52 / 07.06.2025
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

11:22 / 06.06.2025