Vazirlar Mahkamasining “Milliy xalq öyinlari” xalqaro festivalini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jizzax viloyati hokimligining “Milliy xalq öyinlari” xalqaro festivalini 2021 yildan boşlab har ikki yilda bir marta oktabr oyida an'anaviy tarzda Jizzax viloyati Zomin tumanida ötkaziş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

“Milliy xalq öyinlari” xalqaro festivalini ötkaziş böyiça Respublika taşkiliy qömitasi tarkibi tasdiqlanadi.

Taşkiliy qömitaga:

   manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Festivalga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça tadbirlar rejasini işlab çiqiş, tasdiqlaş va homiylik xayriyalarini jalb etiş böyiça çoralar köriş;

 Festivalni taşkil etiş va uni ötkaziş bilan boğliq boşqa masalalarni hal etiş vazifalari yuklanadi.

Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jizzax viloyati hokimligi:

“Milliy xalq öyinlari” xalqaro festivalini ötkaziş tartibi töğrisida Nizomni işlab çiqib, tasdiqlaydi;

festival dasturini işlab çiqiş va uni festivaldan kamida uç oy avval turistik taşkilotlarga taqdim etiş, Internet jahon axborot tarmoği va ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirişni ta'minlaydi;

Festival sovrindorlariga topşiriladigan diplom, sertifikat va haykalça namunalarini işlab çiqadi va tasdiqlaydi.

Festivalni taşkil etiş va uni ötkaziş böyiça mas'ul etib Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi belgilanadi.

Jizzax viloyati hokimligi Zomin tumanida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşirişni, Festival ötkazadigan sahna maydonlari va joylarni talab darajasida tayyorlaşni ta'minlaydi.

 Taşqi işlar vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining talabnomalari asosida Festival iştirokçilarining kiriş vizalarini çet eldagi diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalarida, zarur hollarda I. Karimov nomidagi “Toşkent” xalqaro aeroportida konsullik va boşqa yiğimlarni undirmasdan rasmiylaştirişni ta'minlaydi.